«ko‘prik qurilishi» tegli maqolalar


Toshkent aeroporti yaqinidagi ko‘prik tanklar bilan sinovdan o‘tkazildi
6 noyabr 2023, 22:45

Toshkent aeroporti yaqinidagi ko‘prik tanklar bilan sinovdan o‘tkazildi

Toshkent xalqaro aeroporti yaqinidagi ko‘prikning birinchi bosqich qurilish-montaj ishlari yakuni bo‘yicha sinov o‘tkazildi. Unda 35 tonnalik 4 ta avtotreylerga 40 tonnalik 4 ta harbiy tanklar yuklanib, yo‘l o‘tkazgichga umumiy 300 tonna yuklama berildi. Ko‘prik yuklamaga bardosh berib, mustahkamligi isbotlandi.

Toshkentdagi yo‘l o‘tkazgich to‘sinlari qulagani aks etgan video tarqaldi
14 avgust 2023, 09:39

Toshkentdagi yo‘l o‘tkazgich to‘sinlari qulagani aks etgan video tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent aeroporti yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning beshta 42 metrli to‘sini qulagani aks etgan video paydo bo‘ldi. Ular yuk mashinasi ustiga tushganini ko‘rish mumkin.

Toshkentda aeroport yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning 5 ta to‘sini qulab tushdi
12 avgust 2023, 23:30

Toshkentda aeroport yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning 5 ta to‘sini qulab tushdi

Toshkentda aeroport yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning beshta to‘sini bir vaqtning o‘zida qulab tushdi. Rasmiy xabarlarda ularni o‘rnatish paytida ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘yilgani aytildi. Iyul oyi oxirida O‘zbekiston prezidenti qurilish maydoniga tashrif buyurgan edi.

“Poytaxt ichidagi avtoban”. “Qo‘yliq” bozori oldidan videoreportaj
18 iyul 2023, 17:34

“Poytaxt ichidagi avtoban”. “Qo‘yliq” bozori oldidan videoreportaj

“Qo‘yliq” bozori yo‘lida 2021-yildan beri qurilish ishlari olib borilyapti. Hozircha Toshkent halqa avtomobil yo‘lini kengaytirish uchun yo‘l o‘tkazgichning bir qismi bitkazildi. Bajarilayotgan ishlardan sharoitlar faqat mashinalar uchun yaratilayotgani, piyodalar uchun esa qulayliklar deyarli yo‘qligini ko‘rish mumkin.

«Qo‘yliq» bozori yo‘l o‘tkazgichi kengaytirilishi tufayli boshqa joyga ko‘chiriladi
7 dekabr 2021, 12:36

«Qo‘yliq» bozori yo‘l o‘tkazgichi kengaytirilishi tufayli boshqa joyga ko‘chiriladi

Toshkent shahridagi «Qo‘yliq» dehqon bozori va unga tutash ulgurji savdo maydonlarini boshqa joyga ko‘chirish rejalashtirilmoqda. Bu mazkur hududdagi avtomobil yo‘lining kengaytirilishi bilan bog‘liq. Foto.

Chirchiq daryosi bo‘ylab yangi ko‘prik quriladi
30 sentabr 2021, 12:13

Chirchiq daryosi bo‘ylab yangi ko‘prik quriladi

Toshkent viloyatida Chirchiq daryosi orqali o‘tadigan yangi ko‘prik qurilishi boshlandi. Ko‘prik 4R12 “Toshkent — Chorvoq” yo‘lidan Chirchiqqa kiraverishdagi daryodagi to‘g‘on yaqinida quriladi.

Amudaryo orqali o‘tadigan ko‘prikning qiymati — 174 mln dollar
22 sentabr 2021, 15:12

Amudaryo orqali o‘tadigan ko‘prikning qiymati — 174 mln dollar

Amudaryo orqali Xorazm viloyati Qoraqalpog‘iston Respublikasini bog‘lovchi ko‘prik qurilishi loyihasining qiymati 174 million dollar. Prezident mazkur qurilayotgan ko‘prikni ko‘zdan kechirdi.

«Kelajakni hisobga olib, hali ko‘p joyda ko‘priklar quramiz» — prezident
26 iyun 2021, 02:46

«Kelajakni hisobga olib, hali ko‘p joyda ko‘priklar quramiz» — prezident

Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumanidagi Cho‘ponota ko‘chasi va Sergeli tumanidagi Qipchoq ko‘chasini bog‘laydigan yangi yo‘l va ko‘prik qurilishi bilan tanishdi. «Kelajakni hisobga olib, hali ko‘p joyda ko‘priklar quramiz», — dedi prezident. Avvalroq Toshkent hokimligi uchta yo‘l o‘tkazgich va yo‘l qurilishi narxi 49 mln dollargacha qimmatlashganiga aniqlik kiritgan edi.

Toshkentda uchta ko‘prik va yo‘l qurilishi 518,3 mlrd so‘mgacha qimmatlashganiga izoh berildi
3 iyun 2021, 14:58

Toshkentda uchta ko‘prik va yo‘l qurilishi 518,3 mlrd so‘mgacha qimmatlashganiga izoh berildi

Toshkentning Yakkasaroy va Sergeli tumanlarini bog‘laydigan olti qatorli yo‘l va uchta yo‘l o‘tkazgich qurilishi bahosi 280 mlrd so‘mdan 518,3 mlrd so‘mgacha oshirildi. Poytaxt hokimiyati va bosh pudratchi buni qurilish materiallari narxi oshgani va loyiha qo‘shimcha ishlab chiqilgani bilan izohladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting